Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish

Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish


Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi: 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha; 
ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.
 
Shovot tuman adliya bo‘limi 
YXKM bosh yuriskonsulti                                           A.O‘daboyev
22-11-2023, 16:41
Sahifaga qaytish