VAZIRLIK, QOʻMITA, AGENTLIK VA INSPEKSIYALARNING TAʼRIFI

- Vazirlik — tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, muayyan yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Qoʻmita — tegishli soha ichidagi tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Agentlik — asosiy vazifasi sifatida tegishli sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qoʻllash funksiyalarini amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Inspeksiya — asosiy vazifasi sifatida tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Shovot tumani YXKM
boshlig‘i K.Ismailov