Barcha yangiliklar RSS

Ochiq ma`lumotlar

Shovot tumanida sayyor MAMMOGRAFIYA

      Shovot tuman tibbiyot birlashmasida 1-iyun 2024 yildan - 30-iyun 2024 yilgacha Sog’liqni Saqlash vazirligining 27-iyul 2022-yil dagi  №210- buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida  RIOvaRIATM Xorazm filiali mammograf uskunasi va Xodimlari tomonida   shovot tumaning 45-65  yoshdagi ayollarni onkoskriningdan o’tkazildi. Skrining tadbirlari davomida Shovot tumani axolisining  1416 nafar ayol 2024-yil  iyun oyida mammografiya qilindi. Shulardan 566 nafar ayol sogʼlom, 813 nafar ayolning sut bezidada mastopatiya, kista va xavfsiz oʼsmalar aniqlangan, 37 nafar ayolning sut bezida rentgenologik xavfli oʼsmaga gumon aniqlangan. Mammografik rak beliglari bor ayol aniqlanmadi. 37 nafar ayol RIOvaRIATM Xorazm filiali yuborilib  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirildi.  813 nafar ayol yashash joyida soglomlashtiriladi. 

 
       Shovot tumani axolisining  45-65 yoshdagi ayollarni onkoskriningdan o’tkazishda faol ishtiroki uchun RIOvaRIATM Xorazm filiali mammograf uskunasi laboranti KARIMOVA LOLA SHAVKATOVNA  va  Shovot TTB KTMP laboranti XAYITBOYEVA DINORA QURANBOYEVNA Shovot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar .

Shovot TTB boshlig’i : D.Yu.Pirnafasov

1-07-2024, 12:35
Ko'rishlar: 52
Sahifani chop etish