
Har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. (MK 230-modda 1-qism)
Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga aosan Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
Ya’ni xodim har yili ta’tilining ma’lum qismidan foydalanishi shart. O‘tgan yilgi ta’tilni bu yilgi ta’tilga qo‘shib yuborish mumkinmi? Mehnat Kodeksida bu masala yuzasidan ta’qiq mavjud emas. Xodim ish beruvchi bilan kelishib o‘tgan yilgi ta’tilni bu yilgi ta’tilga qo‘shib olsa bo‘ladi.
Xodim masalan tug‘riq ta’tilida bo‘lib yoki mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lib yillik mehnat ta’tilga ish beruvchi tomonidan chiqarilmadi. (Aslida bu qonun buzilishi) bunday holatda foydalanilmagan ta’til yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Shovot tumani YXKM
bosh yuriskonsulti D.Azamatova