Yer klasterning yeri bo‘lsa ham davlat ro‘yxatidan o‘tmaguncha huquq vujudga kelmaydi

Yer klasterning yeri bo‘lsa ham davlat ro‘yxatidan o‘tmaguncha huquq vujudga kelmaydi


Afsuski yer bilan bog‘liq munosabatlarda yuridik hujjatlarni (shartnoma va boshqa hujjatlar) rasmiylashtirishda bugun amaliyotda katta kamchiliklar bor. Fuqarolarimizda bu s ohadagi huquqiy bilimlarning yetarli emasligi ularning huquqlarini buzilishiga olib kelmoqda. Bunga yaqqol misol qilib 2013, 2019 yillardagi yerlarni maqbullashtirish jarayonlarini, bugungi kundagi fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi nizolarni keltirish mumkin. Yer kodeksining 31-moddasiga  asosan Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.Ya’ni bu degani klaster yaylovni olib davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganmi demak unda hali bu yerga nisbatan ijara huquqi vujudga kelmagan. Va u yerni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaguncha bu yer ustida hech qanday amaliyotni amalga oshira olmaydi qachonki.
 
Shovot tumani YXKM 
boshligi K.Ismailov
27-03-2024, 11:43
Sahifaga qaytish