O‘qituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb qilinish asoslari

O‘qituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb qilinish asoslari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 692-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan attestatsiya jarayonlariga birqancha o‘zgartirishlar kritildi. Jumaladan, majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydigan pedagoglar toifasi kengaygan.
Quyidagilar:
- fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dots.nt va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
- oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;
- pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;
- homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Shovot tumani YXKM
 bosh yuriskonsulti D.Azamatova
27-03-2024, 11:41
Sahifaga qaytish