Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 13 oktyabrdagi 41 sonli va Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №3465 sonli buyrug’i ijrosini ta'minlash to'g'risida

Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 13 oktyabrdagi 41 sonli va Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №3465 sonli buyrug’i ijrosini ta'minlash to'g'risida

Tumanimizda 2023 yil 32 oktyabr kuni Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 13 oktyabrda chiqarilgan 41 sonli    va Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №3465 sonli buyrug’I ijrosini muhokamasi va uning tuman tibbiyotiga joriy  qilish, aholiga shu asosda sifatli tibbiy xizmatni tashkil qilish yuzasidan tumanimiz tibbiyot birlashmasi yig’lishi bo’lib o’tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Shovot TTB boshlig’i D.Yu.Pirnafasov so'zga chiqib, yig’ilish ishtirokchilariga bugungi kunda muhtaram prezidentimiz tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida “tibbiyotda islohotlar inson qadri uchun” tamoyili asosida katta ko’lamli islohotlar olib borilayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdi. Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 13 oktyabrda chiqarilgan 41 sonli va Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №3465 sonli ro’yxatdan o’tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan buyruqni mazmun mohiyatini slyad tazrida o’qib eshittirildi.

Buyruqda keltirilgan OSHP, OP, KTMP va tuman markaziy shifoxonasida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat hajmi to’laqonli aytib o’tildi va ma’lumotlar berildi. Ushbu buyruqni mazmun mohiyatini avvalambor tuman tibbiyot birlashmasi kesimidagi  barcha tibbiyot hodimlariga yetkazilishi va aholini barcha qatlamlarini ushbu buyruq bilan tanishtirish , tibbiyotga joriy qilish yuzashidan topshiriqlar berildi. Jumladan har bir tibbiyot muassasasida 1 hafta muddatda ushbu buyruqda keltirilgan kafolatlangan tibbiy xizmat hajmi ko’rsatilgan stentlar joriy qilish, 1 hafta muddatda kafolatlangan tibbiy xizmatni joriy qilish uchun lozim bo’lgan SSV 66 buyruq asosida BTSYOM larini jixozlanishi xisob kitoblarini bajarilshi va zarur bo’lgan tibbiy jihozlar yuzasidan o’z takliflari taqdim qilishi belgilandi. O‘zbekiston respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari amalga oshirish uchun 15 kun muddatda aholini MEDHUB tizimiga to’liq qamrab olinishi ishlari yakunlanishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
7-11-2023, 09:30
Sahifaga qaytish