Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023 y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

Shunga ko‘ra:

2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

 2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;

 2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

 2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;

 2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;

 2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha.

17-08-2023, 17:02
Sahifaga qaytish