15 -Yillik ish staji bor o‘qituvchilarga oliy toifa olish xuquqlari

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 6-bandida navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar toifalari keltirilgan. Mazkur ro‘yxatning 2-bandida oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar keltirilgan. Ya’ni xodim 15 yil davomida oliy malaka toifasini uzliksiz saqlab kelayotgan bo‘lsa, attestatsiyaga jalb qilinmaydi va uning oliy toifasi pensiyaga chiqib ishdan bo‘shagunigacha saqlanib qoladi.
Bu yerda bitta istisno bor! Mazkur o‘zgarish (oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelganlik) Vazirlar mahkamasining 2022 yil avgustdagi 425-sonli qarori bilan kiritilgan bo‘lib, 2022 yil 22 avgustgacha oliy toifali bo‘lgan va 15 yil ta’lim muassasasida ishlaganlarga tatbiq qilinmaydi. Bunday toifali pedagoglarga oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelganlik qoidasi qo‘llanmaydi. Sababini asoslash uchun quyida nizomning 2022 yil 22 avgustgacha amalda bo‘lgan variantini keltiraman. Eski tahrirda) "ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar" navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinmasligi keltirilgan.
Shovot tumani YXKM bosh
yuriskonsulti I.Raximberganov