XORIJDA DAVOLANGANDAGI KASALLIK VARAQASI O‘ZBЕKISTONDA TAN OLINISHI ASOSLARI.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 25-bandiga Chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
Mazkur asosga ko‘ra, davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasini yashash joyidagi polikilinikaga taqdim qilinganida mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.Azamatova
27-03-2024, 11:32
Ko'rishlar: 78
Sahifani chop etish