Qonunchilikda nogironligi boʻlgan shaxsga intizomiy jazo qoʻllashda hech qanday cheklov yoʻq

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxsga intizomiy jazo qo’llashda hech qanday cheklov yo’q. Nogironligi bo‘lgan shaxsga MK 312-moddasidagi istalgan turdagi intizomiy jazo chorasini qo’llash mumkin, shu jumladan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham mumkin. Unda nega bunday savollar beriladi? Sababi,“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasini ko’pchilik noto’g’ri talqin qiladi. Moddaning 2-qismiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxsning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi va ta’tillarda bo‘lishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot to‘liq tugatilgan hollar mustasno.
Mana shu qoidaga juda koʻpchilik chalgʻiydi. E’tibor bering, nogironligi bo‘lgan shaxs “bolnichniy” yoki ta’tilda bo’lgan vaqti shartnomani bekor qilish mumkin emas deyilmoqda. Bu qoida nafaqat, nogironligi bo‘lgan shaxsga balki boshqa barcha xodimlarga ham taalluqli. Bu MK 163-moddasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish mumkin bo'lmagan bolatlarda belgilab berilgan. Bundan tashqari, MK 425-moddasi 3-qismiga ko'ra, nogironligi sababli nogironligi bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga ko‘tarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno. "U bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi" degan jumlani ham noto'g'ri tahlil qilmanglar. Nogironligi bo'lgan shaxs bilan aynan uni nogironligi sababli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar xodimning aynan nogironligi ishni davom ettirishiga to'sqinlik qilsa, u holda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan emas MK 143-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 1-qismi 5-bandlaridan biriga ko'ra bekor qilinishi mumkin (Batafsil ma'lumot uchun kanalga 143 yoki 168 deb qidiruvga bering!) Demak, nogironligi boʻlgan shaxs (guruhining ahamiyati yoʻq: 1,2,3) mehnat intizomini buzsa, u bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin ekan. Agar xodim “bolnichniy” yoki ta’tilda boʻlsa, u holda ishga qaytgach shartnomani bemalol bekor qilaverasiz, faqat MK 163-moddasidagi boshqa cheklovlarga rioya qilish ham esdan chiqmasin MK 314-moddasiga ko’ra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davrda intizomiy jazo qoʻllash mumkin boʻlgan 1 oylik muddat toʻxtab turadi.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM
bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov