O‘zbekiston madhiyasi qanday bo‘lishi kerak?


O‘zbekiston madhiyasi qanday bo‘lishi kerak,  qaysi musiqaga asoslanib tayyorlanishi kerak degan muhokamalar jarayonida, masalan, "Cho‘li Iroq” yoki "Munojot”ni madhiya qilsak, degan takliflar ham tushgan. Xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan "Sen bahorni sog‘inmadingmi?" to‘plamida eslanishicha, Oliy Kengashning madhiya masalasiga bag‘ishlangan 10-dekabrdagi majlisida Pirimqul Qodirov finalga qadar yetib kelgan uchta madhiya variantlarini deputatlarga eshittirishdan avval, madhiyaga qo‘yiladigan talablar haqida gapirgan va shunda nega "Cho'li Iroq" yoki "Munojot”ni madhiya qilib bo‘lmasligiga izoh bergan. "Davlat madhiyasi qo‘shiq kabi faqat milliy cholg‘u asboblaridagina ijro etilsa, O‘zbekistondan tashqarida, masalan, Yevropa yoki Osiyo mamlakatlarida uni ijro etadigan cholg‘u asboblari topilmay qolishi mumkin. 
Shuni hisobga olib, davlat madhiyalari barcha mamlakatlarda bor bo‘lgan simfonik va duxovoy orkestrlarda, xor ishtirokida ijro etiladi. Musiqa shu talablarga moslab yoziladi. "Cho‘li Iroq"ni, "Munojot"ni madhiya qilsak, degan taklif tushdi. Lekin bu yaxshi ko‘rgan, go‘zal kuylarimizni boshqa mamlakatlarda ijro etib bo‘lmasligini o‘zlaringiz tasavvur eta olasizlar”, — degan Pirimqul Qodirov.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM 
bosh yuriskonsulti  А.Udaboev

14-12-2023, 16:02
Ko'rishlar: 114
Sahifani chop etish