Poraxo‘rlik tufayli zarar ko‘radigan ob’ekt va pora predmeti


Poraxo‘rlik jinoyati insoniyat kabi uzoq tarixga ega. Uni sodir etilishiga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq holda uning ko‘rsatkichlari turli vaqtlarda ko‘payib yoki, aksincha, kamayib turgan. Ayniqsa, hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish bosqichida poraxo‘rlik jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladi, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi. 
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda poraxo‘rlik jinoyatlariga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu davrda mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
Har qanday jinoyat, shu jumladan poraxo‘rlik tarkibining asosiy belgilaridan biri jinoyat ob’ekti hisoblanadi. Har qanday jinoyat muayyan ob’ektga nisbatan tajovuz qiladi. Hech bir narsaga tajovuz qilmaydigan jinoyatning o‘zi yo‘q.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM 
bosh yuriskonsulti  B.R.Qurbonov

14-12-2023, 16:00
Ko'rishlar: 44
Sahifani chop etish