Yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi

Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Unga ko‘ra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Shuningdek, “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Shovot tumani Adliya bo‘limi yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti A.Udaboyev