Barcha yangiliklar RSS

Matbuot xizmati

Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish toʼgʼrisida


Kun tartibidagi masala yuzasidan SSV vazir oʼrinbosari Sharipov Farrux Raximovich soʼzga chiqib kun tartibdagi masala yuzasidan yigʼilish qatanashchilarini tanishtirdi va soʼzni Tibbiy sugʼurtani joriy qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi Sh.K.Аlimardonovga berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan soʼzni Tibbiy sugʼurtani joriy qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi Sh.K.Аlimardonov soʼzga chiqib “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish toʼgʼrisida” gi 12.01.2024 yildagi Sogʼliqni saqlash vazirligining 3-XS buyrugʼi toʼgʼrisida tushuntirish berdi. Bunda 01.02.2024 yildan 01.04.2024 yilgacha Respublika axolisini salomatlik va fiziologik xolatidan kelib chiqib tegishli tayanch guruxlariga (tayanch, past xavf guruxi, oʼrta xavf guruxi, yuqori xavf guruxi) tansiflash uchun barcha tumanlarda qayta tibbiy xatlovni amalga oshirish, bunda “MEDHUB” axborot dasturiga kiritilgan axolini roʼyxatidan foydalanish. Xatlov oʼtkazishda zarur boʼlgan tibbiy asbob anjomlar bilan ta'minlash choralarini koʼrish. Аxoli orasida profilaktik koʼriklar skrining dasturlarini rejalarini ishlab chiqish 2-10 yoshli bolalar orasida gelmintoz kasalligi boʼyicha skrinning oʼtkazish, 3-18 yoshli bolalar orasida onkogemotologik skrinningni oʼtkazish, 40 va undan katta yoshdagi axolini yukumli boʼlmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlashi boʼyicha skrinninglar kardiologik va endokrinologik kasalliklar boʼyicha, 30-35 yoshli ayollar orasida bachadon boʼyni saratonini erta aniqlash boʼyicha skrinning, 45-65 yoshli ayollar orasida koʼkrak bezi saratonini erta aniqlash, 15-49 yoshdagi tugʼish yoshidagi ayollarda ektroenetal kasalliklarni erta aniqlash boʼyicha skrinninglar oʼtkazish va rejalarini tuzish boʼyicha, aniqlangan kasalliklarni sogʼlomlashtirish rejalarini tuzib, ambulator kunduzgi statsionar tuman darajasida, viloyat darajasida, respublika darajasida davolanish rejalarini qilish va amalga oshirish toʼgʼrisida gapirib oʼtdi. Tibbiy sugʼurtani joriy qilish toʼgʼrisida oʼz koʼnikmalari berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Shovot TTB boshligʼi D.Yu.Pirnapasov, Gurlan TTB boshligʼi, Yangibozor TTB boshligʼi M.Vaisova, Koʼshkoʼpir TTB boshligʼi lar oʼz fikr muloxazalarini bilidrib oʼtdi.
19-01-2024, 12:03
Ko'rishlar: 175
Sahifani chop etish